Ko‘rsatilmagan xizmati uchun aholidan kommunal to‘lov talab qilinmoqda
02.04.2024, 17:27
Xalq deputatlari Namangan shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhiga Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi bir guruh fuqarolardan shikoyat arizasi kelib tushdi.
Unda ta’kidlanishicha, "Issiqlik manbai" korxonasi bilan tumandagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilgan bo‘lib, korxona kuz-qish mavsumida aholi xonadonlariga issiq suv yetkazib berish, iste’molchilar esa foydalanilgan issiq suv uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish majburiyatlarini zimmalariga olganlar. Lekin korxona mavsumda xonadonlarga issiqlikni to‘liq yetkazib bermagani holda iste’molchilardan kommunal to‘lovni talab qilgan.
Deputatlik yig‘ilishida ushbu murojaat muhokama etildi. Har ikki tomonning fikrlari eshitildi. Deputatlar korxona vakiliga bir nechta savollar berib ko‘rdi. Shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etgan Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi xodimi ham muammo yuzasidan qonun talablari doirasida tushuncha berdi.
Yig‘ilishda ushbu masala deputatlar nazoratiga olindi va uni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring