Navoiyning olis hududida tibbiy ko‘rik tashkil etildi

04.04.2024, 11:11

 Navoiyning olis hududida tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzosi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati, Mahfuza Hamrayeva partiyaning “Ayollar qanoti” bilan birgalikda viloyat markazidan salkam 400km uzoqlikdagi olis xududlaridan biri bo‘lgan Tomdi tumanida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialining akusher-ginekologlari, skrining bo‘yicha UTT mutaxassislari tomonidan homilador va tug‘ish yoshidagi 200 nafarga yaqin ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida salomatligida nuqsoni bor xotin-qizlarga mutaxasislar tomonidan maslahat va tavsiyalar berildi. Hamda Skrining  bo‘yicha UTT mutaxassisi tomonidan prenatal tashxis xonasi faoliyati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, birlamchi bo‘g‘inda patronaj doyalarning vazifalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

A.Uzoqov

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+