Deputat tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi

18.04.2024, 10:22

Deputat tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzolari saylovchilar bilan tizimli ish olib borish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida qator uchrashuvlarni amalga oshiryapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Nodir Abduvaliyev O‘rta Chirchiq tumanidagi “Galabotir” MFY aholi vakillari, shu yerda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Xususan, 70 o‘ringa mo‘ljallangan 25-sonli xususiy uy bog‘chasi mutasaddilari, “Aslbek Asl” xususiy Stomatologiya klinikasi rahbar va xodimlari, Nurafshon shahridagi “NURAFSHON MODERN HOUSE” turar-joy majmuasida mahalliy aholi vakillari va quruvchi muhandislar bilan uchrashdi.

Aholini qiynayotgan muammolarni tizimli bartaraf etishda ko‘maklashish, ularning turmush tarzi bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurgan deputat hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda dolzarb muammoli jihatlarini ham o‘rgandi.

Aholining turli qatlamlari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda xususiy mulk va uni tasarruf etish, uy-joy bilan taʼminlanish, uy-joy xaridi va ipoteka kreditlari narxlarini yana-da maqbullashtirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga doir 10 dan ortiq murojaatlar o‘rganildi.

 

Zuxro Mirzohamdamova,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+