Namangan shahrida “O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilindi

19.04.2024, 11:53

Namangan shahrida “O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilindi

Shu kunlarda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida turli manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish jarayonlarida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham faol qatnashyapti. Ushbu loyiha doirasida respublika bo‘ylab “O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilinyapti.

Namangan shahridagi Chorsu dahasida ko‘chat ekish jarayonida partiyaning viloyat kengashi raisi Solijon Mo‘minov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Barno Mirzamova, Zafar Xudoyberdiyev, mahalliy kengash deputatlari ham faol ishtirok etdilar.

Mazkur hududga “O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilinib, 300 tup manzarali ko‘chat daraxtlari ekildi.

  • Ko'rildi
    31
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+