Aholi  muammolarini o‘rganishning amaliy mexanizmlarini  ishlab chiqish deputatlarning diqqat markazida bo‘ldi

19.04.2024, 13:46

Aholi  muammolarini o‘rganishning amaliy mexanizmlarini  ishlab chiqish deputatlarning diqqat markazida bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nodir Abduvaliyev hamda Viktor Paklarning Toshkent viloyatidagi partiya tashkilotlari mutasaddilari va faollari bilan Nurafshon shahrida  uchrashuvlar o‘tkazdi.

Unda deputatlar tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarning tizimli o‘rganilishi, ijobiy yechimlar topilishida samaradorlikka erishilishi elektorat ishonchini oqlashga xizmat qilishi, qolaversa, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim o‘rin tutishi xususida to‘xtalindi.

Joylarda yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini, ularni o‘rta va quyi bo‘g‘indagi tashkilotlar darajasida hal etilishiga erishish lozimligi aytildi.

Aholining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan muammolar bilan ishlash uchun har tomonlama kuchli tayyorlanish, ularni aniqlash va bartaraf etish, bu borada samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Aholi manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinayotgan yangi Qonun va Qarorlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, huquqiy savodxonlikni oshirishda partiya tashkilotlari va faollarining o‘rni, tashviqotlar samaradorligini oshirish yo‘llari haqida suhbatlashildi.

Shu kunning o‘zida deputatlar hududga chiqib, aholining turli qatlamlari o‘rtasida muloqot uchrashuvlarini tashkil etishdi.

Jumladan, Piskent tumanidagi 20 o‘ringa mo‘ljallangan, aholiga nevrologiya, ginekologiya, urologiya, shuningdek, tibbiy laborator diagnostika xizmatlarini ko‘rsatuvchi “AZIZ MEDICAL CENTER” xususiy tibbiyot muassasasida bo‘lgan deputatlar bu yerdagi aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, xizmat narxlarining maqbulligi, maskan rahbarlari duch kelayotgan muammolar bilan qiziqishdi. Tumanda xususiy tibbiyot muassasalarini ko‘paytirish lozimligiga eʼtibor qaratishdi.

Deputatlar investitsiyaviy loyiha doirasida faoliyat yurituvchi “Mark Formelle IT” MCHJning Piskentdagi tekstil korxonasida ham bo‘lishdi. 600 dan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qiladigan korxonada yaratilgan mehnat sharoitlari, oylik maoshlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgani masalalarini o‘rganishdi. Ayniqsa, bu yerdagi xotin-qizlar bilan kechgan o‘zaro suhbatlarda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning mohiyati targ‘ib qilindi. Ularning taʼlim, ish bilan bandlik, uy-joy bilan taʼminlanish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, ijtimoiy taʼminot kabi masalalardagi muammolari tinglanib, joyida ijobiy yechimlar topish choralari ko‘rildi. Ayrimlariga tavsiyaviy xarakterdagi huquqiy maslahatlar berilib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, qo‘shma korxona maʼmuriyati bilan kechgan suhbat asnosida ularning so‘nggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan tizimli islohotlardan mamnunliklariga guvoh bo‘lindi. Korxona faoliyatini yana-da rivojlantirishda o‘ylantirayotgan muammolar ham o‘rganilarkan, so‘nggi besh yil ichida xususiylashtirish sohasini isloh qilishga qaratilgan 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, natijada davlat mulkini ochiq va shaffof tarzda hamda inson omili ishtirok etmaydigan elektron savdo platformalar orqali xususiylashtirish tizimi joriy etilgani xususida maʼlumotlar berildi. Korxona maʼmuriyati tomonidan o‘rtaga tashlangan masalani tegishli vazirlik hamda qo‘mitalar bilan birgalikda o‘rganib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi maʼlum qilindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    18
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+