Deputat aholi muammolari va takliflari tingladi

21.04.2024, 11:36

Deputat aholi muammolari va takliflari tingladi

Ayni paytda joylarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti.

Xususan, parlament quyi palatasi deputati To‘lqinjon Karimov Marhamat tumanidagi “Qoraqo‘rg‘on” va “Sho‘rqaqir” mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Marhamat tumani hokimi B.Yuldashev, mahalliy Kengash deputatlari, tuman partiya vakillari, OMQP deputat yordamchisi M.Gulmatova, mahalla oqsoqollari, yoshlar yetakchilari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Uchrashuvda xalq vakili ayni kunlarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan “O’zbekiston-2030” strategiyasining  ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar va ularning jamiyat farovonligini ta’minlash hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, fuqarolar yaxshi yashashi uchun qilinayotgan ishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchrashuv davomida aholi muammolari, takliflari ham  tinglandi.

Xususan, bir nechta ko‘chalarning yo‘llarini yaxshilash, elektrdagi muammolar, sim yog‘ochlarni almashtirish, ishsizlik masalalari, Marhamat tumanidagi 31-sonli maktabga zamonaviy futbol, voleybol maydonchalarini qurish bo‘yicha aholi fikrlarini tinglandi va yozib olinib nazaratga olinishi bildirildi.

Uchrashuvlar davomida deputat T.Karimov  shoir Muhammad Yusuf qabrlarini ziyorat qildi.

Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

 

  • Ko'rildi
    21
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+