Sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning o‘rni qanday?

21.04.2024, 12:41

Sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning o‘rni qanday?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navro‘z Rizayev va Adham Shodmonov, O’zLiDeP viloyat Kengashi mas’ullari Urgut tumanidagi “Sattor  medikal center” tibbiy diagnostika  va davolash xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda xususiy mulkka, tadbirkorlikka, xususan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor va shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning rolini oshirish, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, 60 o‘rinli zamonaviy klinikada 173 ta shifokor va hamshiralar  18 ta  yo‘nalishda nafaqat Urgut tuman aholisi balki qo‘shni viloyatlar, qo‘shni tumanlar, Tojikistonning Urgutga yaqin hududlaridan ham kelayotgan bemorlarga so‘ngi rusmdagi zamonaviy apparatlarda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kilinikaning malakali mutaxassislari nafaqat viloyat balki xorijlik mutaxassis shifokorlar bilan ham doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani insonlar salomatligi yo‘lida muhim omil bo‘lmoqda.

Uchrashuv davomida soha mutaxasislari bugungi kunda xususiy klinikalarda dunyo standart talabalariga javob beradigan tibbiyot jihozlarni olishda subsidiyalar va kridetlar olishda imtiyozlar berish takliflarini ilgari surishdi.

Xalq vakillari Urgut tumani Mergancha massivida joylashgan “ELITE-ELEKTRO-GROUP” MChJda ham bo‘ldi.

Mazkur MChJ da kir yuvish mashinasi ishlab chiqariladi. Korxonada 60 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilarning bandligi ta’minlangan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iston, va Tojikiston Respublikalariga eksport qilinib, mahalliylashtirish darajasi 85 foizga yetkazildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+