Gulchilar faoliyati o‘rganildi
21.04.2024, 13:44
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, xalq noibi Xurshidaxon Xalilova boshchiligidagi ishchi guruhi Asaka tumanida bo‘lib, “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan tadbirkor Maxmudjon Yoqubjonov xonadonida “Mening serdaromad bog‘im” loyihasi doirasida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Dastlab partiya faollari issiqxona faoliyati bilan tanishdi, ishchilar bilan muloqot qildi. Aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish kerakligini ta’kidlashdi.
“2010 yilda atigi 2 ta issiqxona bilan faoliyatimizni boshlagan edik. Avvaliga farzandlarimizni yonimizga oldik. Faoliyatimizni kengaytirgach, mahalladagi ishsiz yoshlarni, xotin-qizlarni jalb qildik. Hozir 8 ta 5 sotixlik maydonda issiqxona barpo etganmiz. Hozir asosan turli xildagi gul ko‘chatlarini yetishtiryapmiz”, – deydi M.Yoqubjonov.
Guvohi bo‘lganingizdek, tumanda tomorqa madaniyati yildan-yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda. Chunki asakaliklar tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring