Bu yilgi “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichiga MFYlarda start berildi

21.04.2024, 13:49

Bu yilgi “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichiga MFYlarda start berildi

Barcha hududlarda bo‘lganidek, Vobkent tuman MFYlarida ham bu yilgi “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahallalardagi ishbilarmon, tadbirkor, fermer xotin-qizlar o‘rtasida saralash bosqichi tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ushbu ko‘rik-tanlov dastlabki bosqichining aynan MFYlar miqyosida bo‘lib o‘tayotganligi joylardagi boshlovchi tadbirkor ayollarni aniqlash, ularning shundan keyingi faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va keng ommalashtirish, ayollar bandligini ta’minlash, shuningdek yangidan-yangi soha xodimlarini kashf etish imkoniyatini yaratmoqda.

Vobkent tumanida ham fermerlik, xunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-kizlar bisyor. O’zLiDeP tuman Kengashi mas’ullari va “Ayollar qanoti” faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari “Xalach” MFYdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, o‘z xonadonida tomorqa xo‘jaligi va issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Umida Hamroyeva faoliyati ishchi guruh a’zolariga katta qiziqish uyg‘otdi. 

-“Fermerlar” Kengashi tuman bo‘limi a’zosi sifatida 10 yildan buyon faoliyat olib boryapman-deydi xonadon sohibasi U.Hamroyeva.- O’z xonadonimda tashkil etgan 15 sotixli issiqxonada oila a’zolarim bilan birga yana 5 nafar mahalladoshlarimni ish bilan ta’minlab, ularga tomorqa xo‘jaligi sir-asrorlarini o‘rgatib kelyapman. Bugungi kunda issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, rediska va sarxil ko‘katlar yetishtirib, aholi dasturxonining to‘kinligini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz. Yil davomida mahsulotlar turiga qarab 3 marotabagacha hosil yetishtirishga erishib, har mavsumda 10-15 mln so‘mdan ortiq daromad ko‘ryapmiz. Endilikda yetishtirgan sifatli mahsulotlarimizni qayta ishlash, qadoqlash va bir necha xorij davlatlariga eksportga chiqarish borasida ish olib boryapmiz.

Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi ishlarning aholi tomorqalari va ekin maydonlarida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, bu boradagi ishlarning Vobkent tumanidagi natijadorligi boshqa hududlardagi qishloq mehnat ahlini ham aynan shunday faoliyat olib borishga undamoqda.

Ko‘rik-tanlovning MFYlar saralash bosqichi tuman miqyosida davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    22
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+