O‘zLiDeP “Katta Toshbuloq”dagi 32 ta xonadonga ichimlik suvi “olib keldi”

20.04.2018, 19:05

O‘zLiDeP “Katta Toshbuloq”dagi  32 ta xonadonga ichimlik suvi “olib keldi”

Namangan tumani “Katta toshbuloq” MFY “Mustaqillikning 5 yilligi” ko‘chasida joylashgan ko'p qavatli 16-uyda yashovchi xonadon egalari ko‘pdan beri ichimlik suvi muammosidan qiynalardi. Xonadon egalari ayni shu muammo yuzasidan bir necha marta mutasaddi idoralarga murojaat qildi natija bo‘lmadi. “Otangga bor, onangga bor”, degan gap-so‘zlardan toqati toq bo‘lgan xonadon egalari oxiri O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashidan yordam so‘radi.

– Ko‘pdan beri ichimlik suvini avtomobil yordamida tashib kelar edik, – deydi Katta toshbuloqlik Nasiba Jo‘rayeva. – Qo‘shnilar bilan maslahatlashib, O‘zLiDeP tuman Kengashidan yordam so‘rashga qaror qildik. Partiyaning tashabbusi bilan uyimizga ichimlik suvi yetkazib berish va kanalizatsiya muammosi hal etildi. 

Ta’kidlash joiz, partiya tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi savobli ishlarning ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Eng muhimi, bunday amaliy ishlar natijasida aholining O‘zLiDePga ishonchi ortib, hayrixohlarimiz safi kengaymoqda.   

Yulduz YO‘LDASHEVA,

O‘zLiDeP  Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллаев Дилшодбек2018-04-25 07:41:17

Бундай савобли ишларни амалга оширганларга рахмат. Чарчаманглар.


Жиззах вилояти Агробанк БПТ раиси Кўнишева Наргиза 2018-04-23 17:42:33

Бу каби савобли ишлар замирида Халқ депутатларига қолаверса O‘zLiDePга ишончи ортиб, ҳайрихоҳларимиз сафи кенгайишига ишонамиз.


Жиззах вилояти Микрокредитбанк БПТ раиси Хамдамова Латофат 2018-04-23 17:34:50

Хақиқатдан хам бу қилинган савобли ишлар партиямиз нуфузини янада оширади.


Эшқораева Қундузхон Шавкатовна2018-04-23 09:29:33

Сув ҳаёт манбаи. Инсон овқатсиз 40 кун яшаши мумкин, лекин сувсиз бир ҳафта ҳам яшаши қийин. Инсон ҳаёти учун муҳим аҳамиятга эга ичимлик сувини беминнат ўз хонадонидан олишга O‘zLiDeP сабаб бўлганлиги ҳаммамизни қувонтиради албатта.


Орифжон2018-04-23 08:59:27

Бу борада халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлигига партиядансайланган депутатларнинг саъйи ҳаракатларини алоҳида таъкидлаш лозим.


Fikringizni qoldiring

+