O‘zLiDePning ShHT Forumidagi ishtiroki

28.05.2018, 19:09

O‘zLiDePning ShHT Forumidagi ishtiroki

Shanxay hamkorlik tashkiloti nufuzli va mintaqaviy xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib o‘rin egalladi hamda barqaror rivojlanish, tinchlikni mustahkamlash, bugungi tahdid va xavflarga qarshi kurashish, mintaqa va global darajada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Tashkilotning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishning muhim sharti bu turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdir. Ana shu maqsadda 2018 yil 26 may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida ShHT siyosiy partiyalarining birinchi Forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qariyb 20 ga davlatdan 30 dan ziyod siyosiy partiyalarning 200 nafarga yaqin xitoylik va xorijiy vakillari, shu jumladan, ShHT hamda kuzatuvchi mamlakatlar va muloqot bo‘yicha hamkorlar a’zolari ishtirok etgani bilan ahamiyatlidir.

Forumda ta’kidlanganidek, o‘tgan yillar davomida ShHTga a’zo davlatlar yangi xalqaro munosabatlar shaklining yorqin namunasi sifatida o‘zaro manfaatli hamkorlik, ishonch, tenglik, sivilizatsiyalar va madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish hamda umumiy rivojlanish,  siyosiy, iqtisodiy va madaniy makonda har tomonlama taraqqiyotga intilishga asoslangan “Shanxay ruhi”ga qat’iy sadoqatini namoyon etdi.

Xitoyda siyosiy partiyalar Forumi o‘tkazilishi XXR tashqi ochiqlik siyosati, tashqi yo‘naltirilgan siyosatga o‘tishning aksidir.  O‘tgan asrning 70-yillarda Den Syaopin tomonidan boshlangan butun xitoy islohotlar va modernizatsiya modelining muhim tarkibiy qismi bulib, ochiqlik siyosati Xitoy iqtisodiyoti jadal rivojlanishiga va mamlakatni dunyodagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanishiga olib keldi. XXR Raisi Si Szinpin Xitoyning iqtisodiy globallashuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini namoyon etib, mamlakatning tashqi dunyoga ochiqligini tizimli kengaytirish siyosatini davom ettirmoqda.

Forum ishida O‘zbekistonning siyosiy partiyalar delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Uning ishtirokchilari tadbir yuksak darajada tashkil etilganligini e’tirof etib, ShHT davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar va transport sohalarida aloqalarni rivojlantirishning samarali mexanizmi ekanligini qayd etdilar. Bunda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘p qirrali bo‘lib, strategik hamkorlik darajasi izchil oshmoqda va do‘stlik, o‘zaro ishonch tamoyillari ikki mamlakat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari asosida jadal rivojlanmoqda.

Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokchilarni mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan shuningdek, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish borasida olib borilayotgan islohotlarning borishi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston vakillari ShHT doirasida har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda partiyalararo hamkorlik muhim o‘rin tutishini qayd etdilar, shu jumladan, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo, investitsion va madaniy aloqalarni jadallashtirish, tadbirkorlar o‘rtasida bevosita muloqotni tashkil etish, ShHT mamlakatlari qadimiy shaharlarida sayyohlar almashuvini rivojlantirish ta’kidlandi. Xususan, Samarqand, Buxoro va boshqa tarixiy shaharlar. Siyosiy partiyalar ShHTning barcha davlatlari manfaatlariga javob beradigan, ustuvor, mintaqada asoslantirilgan iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha umumiy vazifalarni o‘z oldilariga qo‘yishlari mumkinligi qayd etildi.

Shu bois XXR Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan, mavjud va yangi savdo yo‘llarini, 60 dan ziyod Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlarini bog‘lovchi transport va iqtisodiy yo‘laklarni takomillashtirish, savdo munosabatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi “Bir makon – bir yo‘l” konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Forum ishi yakunlari bo‘yicha uning ishtirokchilari “Shanxay ruhi”ni yanada rivojlantirish va mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlash muhimligini qayd etdilar. Siyosiy partiyalar kelgusida ham ShHT yagona taqdiri hamjamiyatini shakllantirish uchun barcha kuch va imkonyaitlarini ishga soladi, ushbu tashkilot doirasida ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun partiyalararo hamkorlikka intiladi. Ishtirokchilar ShHT siyosiy partiyalar Forumiga partiyalararo almashuv va hamkorlik uchun qulay sharoitlarni shakllantirish mexanizmi tusini berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi.

Umuman olganda, mamlakatning siyosiy partiyalari mazkur forumdagi faoliyati bilan O‘zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirishda, ShHT va uning tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni izchil rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash jarayonlarida faol qatnashishga intilishlarini namoyon etdi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Нуриддин Муродов2018-06-08 11:35:10

ХХР Раиси Си Цзиньпин Хитойнинг иқтисодий глобаллашув жараёнларини қўллаб-қувватлашини намоён этиб, мамлакатнинг ташқи дунёга очиқлигини тизимли кенгайтириш сиёсатини давом эттирмоқда. Форум ишида Ўзбекистоннинг сиёсий партиялар делегацияси Қатори ЎзЛиДеП ҳам фаол иштирок этиб ШҲТ давлатлар ўртасида савдо-иқтисодий, сиёсий, илмий-техникавий ҳамкорликка ўзи ҳиссасини қўшаётганлиги Ўзбекистондаги энг йирик партиянинг ШҲТга аъзо давлатлар тадбиркорлари ва ЎзЛиДеП электоратининг келажакдаги ҳамкорлигида ҳам муҳим аҳамият касб этади. ЎзЛиДеП сайловолди дастурининг 5-бўлими. Ташқи сиёсат соҳасидаги устивор вазифаларида айнан мана шундай ҳамкорлик масалалари назарда тутилгандир.


Илҳом Ботиров2018-05-30 22:45:15

Давлатларо ҳамкорликнинг партиялараро мулоқот ва ҳамкорлик имкониятлари яратилаётгани ва бу жараёнда мамлакатимиздаги етакчи сиёсий куч-ЎзЛиДеПнинг фаол иштироки барчамизга мамнуният бағишлайди. Ўзаро ишонч ва ҳамкорлик мунособатлари демократик жараёнларнинг янада ривожланишига хизмат қилади. Дунёнинг ривожланган мамлакатлари тажрибасини ўрганиш фақат ва фақат ижтимоий фаолликни, тажриба алмашишни таъминлайди.


Илҳом Ботиров2018-05-30 22:45:14

Давлатларо ҳамкорликнинг партиялараро мулоқот ва ҳамкорлик имкониятлари яратилаётгани ва бу жараёнда мамлакатимиздаги етакчи сиёсий куч-ЎзЛиДеПнинг фаол иштироки барчамизга мамнуният бағишлайди. Ўзаро ишонч ва ҳамкорлик мунособатлари демократик жараёнларнинг янада ривожланишига хизмат қилади. Дунёнинг ривожланган мамлакатлари тажрибасини ўрганиш фақат ва фақат ижтимоий фаолликни, тажриба алмашишни таъминлайди.


Пулатов Шавкатжон УзЛиДеп Учкуприк туман Кенгаши "Халк банки"БПТ раиси2018-05-30 10:04:16

Партиямизнинг ШХТ форумидаги иштироки бизга катта ғурур бағишлади. Ишонамизки Шанхай хамкорлик ташкилотига аъзо булган давлатлар билан хар томонлама хамкорлигимиз ривожланади ,натижада иктисодимиз янада гуллаб яшнайди.


Ходжаев Хусанжон Махмудович Учкуприк тумани партия фаоли2018-05-30 09:55:20

Партиямизнинг ШХТ форумидаги иштироки бизни жуда кувонтирди ва партиямизга булган ишончимизни янада кучайтирди.Давлатлараро сиёсий хамкорлигимизнинг мустахкамланиши албатта самарасини беради.


Ачилова Мирзо Улугбек тум2018-05-29 21:40:47

Форумда сиесий партияларнинг иштирок этиши партиялараро хамкорлик учун кулай шаротдир


O‘zlidep Кумкургон туман "Янги шахар" МФЙ БПТ раиси З.Чориева2018-05-29 20:51:57

"Ташкилотнинг дастурий мақсад ва вазифаларига эришишнинг муҳим шарти бу турли йўналишлар бўйича ҳамкорликни янада кенгайтириш ва чуқурлаштиришдир. Ана шу мақсадда 2018 йил 26 май куни Хитой Халқ Республикасининг Шэньчжэнь шаҳрида ШҲТ сиёсий партияларининг биринчи Форуми бўлиб ўтди. Тадбирда қарийб 20 га давлатдан 30 дан зиёд сиёсий партияларнинг 200 нафарга яқин хитойлик ва хорижий вакиллари, шу жумладан, ШҲТ ҳамда кузатувчи мамлакатлар ва мулоқот бўйича ҳамкорлар аъзолари иштирок этгани билан аҳамиятлидир." Бу жудаям кувонарли холат...


Юлдашева Саодат O'zLiDeP Пискент туман Кенгаши фаоли2018-05-29 18:27:23

Сиёсий партиялар мазкур форумдаги фаолияти билан Ўзбекистон ташқи сиёсатини амалга оширишда мухим ва керакли қадамлардан бирини қўйди деб хисоблайман. Ушбу форум мамлакатимиз тараққиётида янги босқични бошлаб беришига ишонамиз!


Гўзал Қодирова O'zLiDeP Пискент туман Кенгаши депутатлик гурухининг ижрочи котиби2018-05-29 18:23:00

2018 йил 26 май куни Хитой Халқ Республикасининг Шэньчжэнь шаҳрида ШҲТ сиёсий партияларининг биринчи Форуми бўлиб ўтганлиги бизнинг партияга бўлган ишончимизни янада кучайтирди. Ишонаманки, ушбу форум мамлакатимиз хаётида янги даврни бошлаб беради ва юртимиз тараққиётига муносиб хиссасини қўшади.


O‘zLiDeP Янгийўл туман Кенгаши "Ситорохон" фермер ҳўжалиги БПТ раиси А.Рашидов2018-05-29 18:04:22

Ўзбекистон вакиллари ШҲТ доирасида ҳар томонлама шериклик муносабатларини ривожлантириш ва мустаҳкамлашда партиялараро ҳамкорлик муҳим ўрин тутишидир


Fikringizni qoldiring

+