Toshkentlik ixtirochi qishloq xo‘jaligida dron va robotlardan foydalanish usulini yaratdi (VIDEO)

10.07.2018, 12:21

Toshkentlik ixtirochi qishloq xo‘jaligida dron va robotlardan foydalanish usulini yaratdi (VIDEO)

“Yosh innovatsiyachi” ko‘rik tanlovida ishtirok etgan ixtirochilarning yaratgan loyihalari va g‘oyalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Muhammadamin Umarov qator loyihalar muallifi hisoblanadi. “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik tanlovida u yaratgan agrorobot va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlatiladigan dronlar barchada qiziqish uyg‘otdi.

–  Biz yaratgan agrorobot o‘simliklarni tekshiradi, – deydi Muhammadamin Umarov. – Qaysi o‘simlik yaxshi rivojlanyapti, qaysi birining rivojlanishida kamchiliklar bor barchasi haqida ma’lumot yig‘ib kompyuterga yo‘naltiradi. Bu o‘z navbatida o‘simliklarning yaxshi rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Yosh ixtirochining ikkinchi loyihasi dronlar ham qishloq xo‘jaligi sohasida juda qo‘l keladi. Ushbu drondan qo‘l mehnatini ishlatmagan holda dori sepish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Ko‘rik tanlov ishtirokchisining shu va boshqa loyihalari haqida quyidagi videolavhada batafsil tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Yosh innovatsiyachi” tanlovi doirasida O‘zLiDeP bir yil davomida 42 yosh ixtirochiga stipendiya berishini ma’lum qilgan edi.

  • Ko'rildi
    1193
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раисининг ёшлар билан ишлаш бўйича ўринбосари Мавлонов Мухаммад2018-07-11 11:41:16

“Ёш инновациячи” кўрик танлови ёшларнинг билими ва тажрибасини оширувчи ва тажриба алмашувчи бир қулай бир имконият десам муболаға қилмаган бўламан


Жўраева Гулбахор O‘zLiDeP Нишон туман Кенгаши раис ўринбосари аппарат рахбари 2018-07-10 15:41:40

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия Қумитаси ташабусси билан ташкил этилган “Ёш инновациячи” кўрик танлови ўтказилиши, бугунги кун ёшлари учун албатта бу келажакда ўз устида ишлаб янги ғоялар яратишига умид яратади.


Сергели туман Кенгаши ижрочи котиб М.Бозорова2018-07-10 14:18:06

O‘zLiDeP ташаббуси билан “Ёш инновациячи” кўрик танлови ёшларимизни келажакда янада ўз устида ишлаб янги ғоялар яратишига умид яратди.


Хамдамов Ёрқинжон Бағдод туман Кенгаши ижрочи котиб2018-07-10 14:00:17

“Ёш инновациячи” кўрик танлови ёшларимизнинг билимларини янада мустахкамлаш, янгиликка интилиш хиссини янада оширади


Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-10 12:27:52

“Ёш инновациячи” танлови доирасида O‘zLiDeP бир йил давомида 42 ёш ихтирочига стипендия бериши хеч бир иш эътибордан четда қолмаслигининг яна бир исботи


Fikringizni qoldiring

+