Urganchda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi targ‘ib qilindi

15.08.2018, 17:08

Urganchda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi targ‘ib qilindi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Har bir oila –tadbirkor” dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olganlar davlat xizmatlari turlari va faoliyati, davlat soliq tizimidagi eng so‘ngi yangiliklar, soliq turlari, tijorat banklari tomonidan kredit olish tartibi va imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

–Dasturda belgilangan ustuvor vazifalar partiyaning yoshlarda tadbirkorlikka oid chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning biznes-rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdek dasturiy maqsadlariga hamohangdir, – deydi O‘zLiDeP Xorazm  viloyat Kengashi raisi Sh.Safarbayev. – Shu bois, dastur ijrosini ta’minlashda yanada faolroq ishtirok etib, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb qilishimiz darkor. Zero, tadbirkor yoshlar soni ko‘paysa, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ishlab chiqarish ko‘lami kengayadi, asosiysi, aholi farovon yashaydi.

Tadbir so‘nggida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlarga mutaxassislar tomonidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

       Musharraf RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1100
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+