Sayyor qabul: Azamat Ro‘zmetov “GM Uzbekiston” AJ Xorazm viloyat filialiga ishga joylashdi

20.08.2018, 14:23

Sayyor qabul: Azamat Ro‘zmetov “GM Uzbekiston” AJ Xorazm viloyat filialiga ishga joylashdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi bilan hamkorlikda Xiva tumanida sayyor qabul tashkil etdi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida xalq noiblari hudud ahli tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rganib, ularni hal etish choralarini ko‘rishdi.

Murojaatlarning mavzu va yo‘nalishlari turlicha. Ularda mehnat va bandlik, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, oqava va ichimlik suvi, qo‘yingki, fuqarolarning hayotiy ehtiyojlari bilan daxldor masalalar aks etgan.

– Fuqarolik pasportimni yo‘qotganimga 4 oy bo‘ldi, – deydi Sultonboy Raxmonov. – Oilaviy sharoitim og‘irligi sababli yangi pasport olish uchun badal pulini to‘lashga qiynalayotgan edim. Shu bois, ushbu masalada hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilardan ko‘mak so‘radim. Murojaatimni tuman hokimi v.b. O.Matyaqubov o‘z zimmasiga olib, homiylik asosida  pasport olishimda ko‘mak berishini aytdi.      

“Avrik” mahallasida yashovchi Bekturdi Axmedov o‘quvchilar  qatnaydigan maktab mahalladan 4 km uzoqlikda joylashgani, Yangiariq-Urganch yo‘nalishida ketayotgan avtobus xaydovchilari bolalarni olib ketmayotgani, natijada bolalar darsga o‘z vaqtida yetib bormayotganidan shikoyat qildi. Uning murojaatini xalq noibi S.Jumaniyazov o‘z zimmasiga olib, masala yuzasidan viloyat Daryo trans agentligiga so‘rov yuborishini ma’lum qildi.

“Juryon” mahallasida yashovchi Roxatoy Jumaniyazova kuyovi ko‘pdan beri ishsiz ekanini aytib, shu masalada ko‘mak so‘radi. O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ko‘magida uning kuyovi shu yerning o‘zida “GM Uzbekiston” AJ Xorazm viloyat filialiga ishga joylashdi.  

 “Indavak” mahallasida yashovchi fuqarolardan Soyot kanali bo‘yidagi yaroqsiz ko‘prikni ta’mirlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatni tuman hokimi v.b. O.Matyaqubov o‘z nazoratiga olib, muammoni hal etib berishga va’da berdi.

Umuman, sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar bayonnomaga kiritilib, bajarilish muddatlari belgilandi. 

Shuxrat ATAJANOV,

O‘zLiDeP Xiva tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1204
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Баҳром Абдалов БПТ раиси ўринбосари2018-08-27 10:46:22

Дарҳақиқат, бўлиб ўтган "Сайёр" қабулда шахсан ўзим иштирок қилдим. Маҳалла аҳлининг жуда кўплам муаммолари шу жойнинг ўзида ҳал бўлди десак муболаға бўлмайди.


Шовот туман Кенгаши 2018-08-23 09:35:12

Сайёр қабуллар халқ манфаати учун хизмат қилсин


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-20 15:33:09

Партиямиз тамонидан утказилаетган Саёр каъбуллар уз самарасини курсатиб келмокда. Энг асосийси Президентимиз айтганидек, халкимизнинг розилиги юртимиз тинчлиги турмушимиз ободончилигини таъминлаш. Партиядошларимизнинг келгуси ишларида омадлар тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+