Deputat sayyor qabulida aholining murojaatlari hal etildi

24.02.2023, 11:54

Deputat sayyor qabulida aholining murojaatlari hal etildi

Bugun xalq deputatlari hududiy Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlari o‘z saylovchilari hamda aholi orasiga yanada chuqurroq kirib borib, joylarda partiyaviy dasturiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, elektoratni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.

Kogon shahridagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Shuhrat Djalilov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ayni shu jihatlar ustuvorlik kasb etdi.  Kommunal soha mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va 35 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etgan sayyor qabulda dastavval mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining 2022 yildagi faoliyati yakunlari muhokama etilib, 2023 yildagi rejalari to‘g‘ridisagi hisoboti eshitildi.  Aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Deputatning saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz muloqoti chog‘ida MFY hududida bolalar maydonchasi va nuroniylar uchun otalar choyxonasi barpo etish, ayollar va yoshlar bandligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish,  kam ta’minlangan, ehtiyojmand aholi vakillariga salomatligini tiklash hamda turli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda moliyaviy ko‘mak berish,  ichki ko‘chalardagi yo‘llarning  ayrim ta’mirtalab qismiga asfalt yotqizish va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish kabi bir qator murojaatlar bildirildi.  

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlari o‘z joyida hal etilgan bo‘lsa, ijrosi muddat talab etadiganlari bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+