O’zLiDePning ma’ruza darslari yoshlarni rahbarlik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

05.12.2017, 15:52

O’zLiDePning ma’ruza darslari yoshlarni rahbarlik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

O’zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Buxoro muhandislik va texnologiya institutida rahbarlik salohiyatini yuksaltirish maqsadida ma’ruza darslari tashkil qilindi. Tadbirda Buxoro Davlat Universiteti professor o‘qituvchilari, Buxoro muxandislik texnologiya instituti yetakchi olimlari, viloyat Adliya boshqarmasi mutaxasislari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, siyosiy partiyalar faollari va mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etdi.   

O‘quv mashg‘ulotlari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidan kelib chiqib 10 ta guruhga bo‘lingan holda o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar doirasida siyosiy partiya tushunchasi: kelib chiqishi, maqsadi va mohiyati, huquqiy asoslari yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, partiyalarning “Ayollar qanoti” muammolari tahlili, yoshlar va uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalalari mavzularidagi ma’ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida deputatlik faoliyati  bilan bog‘liq masalalar ham ma’ruzachilar e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Jumladan O’zLiDeP shahar, tuman, viloyat Kengashi xodimlarining ish faoliyatini takomillashtirish, deputatning saylovchilar bilan olib boradigan ishlarini tashkil etish, partiyaning barcha bo‘g‘inlaridagi ishlarini davr talablari darajasida bo‘lishi muhim ahamiyatga egaligi takidlandi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1031
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+