Pop tumani hokimi 48 nafar fuqaroning muammosini joyida hal etdi

03.12.2018, 17:55

Pop tumani hokimi 48 nafar fuqaroning muammosini joyida hal etdi

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov tuman aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, uy-joy, elektr energiya, gaz ta’minoti, obodonlashtirish, komunal soha hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar bo‘yicha 70 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

–Ochiq muloqotda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, – deydi A.Sultonov. –Xususan, 8 nafar murojaatchi ish bilan ta’minlandi, 3 nafariga sog‘ligini tiklash uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 6 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilib, 5 nafar tadbirkorga faoliyatini rivojlantirishga zarur maslahatlar, ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlash kerak, qabulda 48 nafar fuqaroning muammosi o‘z yechimini topgan bo‘lsa, 29 murojaatni tegishli mutasaddilarga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini nazoratga olish vazifasi yuklatildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengash matbuot kotibi

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    2119
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+