Ziyoda Ishmurodova O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi bo‘ldi

20.12.2018, 16:22

Ziyoda Ishmurodova O‘zLiDeP Pastdarg‘om  tuman Kengashi raisi bo‘ldi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat va Pastdarg‘om tuman Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” nomli  ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalarga qaratildi.

Shuningdek, 2018 yil noyabr-dekabr oylarida partiya safiga yangi a’zolarni qabul qilish reja-topshiriqning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda a’zolik badallarini undirish rejasini bajarish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga, viloyatdagi rahbarlik lavozimlariga, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatligiga zaxira kadrlar bazasini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.

Majlisda so‘zga chiqqanlar besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi, qolaversa, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilganini ta’kidlab o‘tishdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ziyoda Ishmurodova O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi etib saylandi.

Baxtigul QARShIYEVA,

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1078
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+