60 xonadon gaz ballonlari bilan ta’minlandi

15.12.2017, 21:52

60 xonadon gaz ballonlari bilan ta’minlandi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman “Shoqishlok” mahallasi  fuqarolarining muammolari bilan yaqindan tanishish va ularni hal etish maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, istemolchilar huquqlarini himoya kilish jamiyati, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sariosiyo tuman Kengashi, mahalla faollari va oqsoqollari hamda hududda yashovchi fuqarolar ishtirok etgan mazkur tadbirda mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolar va takliflar ochiq-oydin aytildi.

Sayyor qabulda xonadonlarni gaz ballonlari bilan ta’minlash masalasi fuqarolarning doimiy muammolaridan biri ekani e’tirof etildi. Mazkur muammo O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari M.Zaripova va O.Xidirovlar sa’y-harakati va tuman gaz ta’minotiga yo‘llagan deputatlik so‘rovlari yordamida o‘z yechimini topdi. Sayyor qabulning o‘zida “Shoqishloq” mahallasidagi oltmish xonadon suyultirilgan gaz baloni bilan ta’minlandi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1616
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+