Prezidentimiz ma’ruzasi - faoliyatimizning bosh mezoni

19.12.2017, 16:25

Prezidentimiz ma’ruzasi  - faoliyatimizning bosh mezoni

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Prezidentimizning  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan  tantanali marosimdagi ma’ruzasini  o‘rganish yuzasidan joylarda  o‘quv seminarlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida ham aynan shu mavzudagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Dastlabki o‘quv seminari partiya viloyat Kengashi huzuridagi siyosiy ta’lim markazi va mafkuraviy tashviqot-targ‘ibot ishlari bo‘limi tomonidan  Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasida o‘tkazildi.Uni O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Farmon Aminov kirish so‘zi bilan ochdi. 

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustaxkam poydevoridir” deb nomlangan ma’ruzasida 8 ta  ustuvor yo‘nalish bo‘yicha vazifalar  aniq  belgilab berilgan berildi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishda  muhim ahamiyat kasb etadi .

– Davlatimiz rahbarining tantanali marosimdagi ma’ruzasi partiyamizning barcha  faollari,  mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari, shu jumladan, quyi bo‘g‘inlar uchun ham asosiy dasturilamaldir, – deydi partiya viloyat Kengashi raisining mafkuraviy, tashviqot-targ‘ibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘ulom Ortiqov, – Zotan,  ushbu   ma’ruzada mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga oid istiqboldagi vazifalar aniq-ravshan belgilab berilgan.

O‘quv-seminarda Yurtboshimiz ma’ruzasida tilga olib o‘tilgan 8 ta ustuvor yo‘nalish va ularning amaldagi ijrosini ta’minlash doirasida O‘zLiDePning viloyatdagi barcha bo‘g‘inlari faollari oldida turgan eng muhim vazifalar atroflicha muhokama etildi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+