Yangi yil O‘zLiDeP elektorati manfaatlarini himoya qilish yili bo‘ladi

26.12.2017, 17:39

Yangi yil O‘zLiDeP elektorati manfaatlarini himoya qilish  yili bo‘ladi

Muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimiz tarixida ilk marotaba - 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis palatalari, vazirlik va idoralar, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va joylardagi viloyat, shahar, tuman hokimliklari bilan video aloqa tarzida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etilgan Murojaatnomasi barcha yurtdoshlarimizni benihoya to‘lqinlantirib yubordi. Yurtdoshlarimizning mumnuniyat bilan, “Ajoyib ma’ruza bo‘ldi. Bunaqasi hali bo‘lmagan”, “Yurtboshimizga qoyil. Bironta masalani e’tiborsiz qoldirmadi”, “Xudo xohlasa, 2018 yil yurtimizda yanada yuksalish va rivojlanish yili bo‘ladi” degan hayajonli e’tiroflari barchamizni yanada ruhlantirib yubordi.

Murojaatnoma avvalida yurtboshimiz dastlab taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni xususida so‘z yuritar ekan – “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda” – deya qayd etdi.

Yangi yilga an’anaga muvofiq nom berishda Prezidentimizning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da joylarda aholi bilan bevosita muloqotlari, Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlaridan kelib chiqib, jamoatchilik fikrini o‘rganib,  2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb nom berishni taklif etganligi esa partiyamiz elektorati vakillarining dilidagi fikr bo‘ldi.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nomlangan 2018 yilda mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazifalar belgilab berildi.

Taqdim etilgan murojaatnoma ayni kunlarda davlat va jamoat tashkilotlari, keng aholi qatlami o‘rtasida o‘rganilmoqda. Bildirilgan tashabbus va takliflar asosida mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi kutilayotgan 2018 yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinmoqda.

O‘z faoliyatini tadbirkorlikni rivojlantirish, yurtimiz taraqqiyoti, yuksalishi va rivojlanishiga hissa qo‘shishdek muhim vazifa bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydigan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Samarqand viloyat, tuman va shahar tashkilotlari, o‘z ish faoliyatini innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni tatbiq etish orqali tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratadi.

Ilhom BOTIROV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1376
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+