O‘zLiDeP deputati B.Rahmonaliyev farg‘onalik saylovchilar bilan muloqot qildi
03.03.2020, 17:38

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Bahrom Rahmonaliyev xalq bilan muloqot qilish, joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘lib, saylovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Xalq vakili viloyatdagi uchrashuvini Oltiariq tumanidagi “Abduxoliq buva” qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishishdan boshladi. Mazkur uchrashuv doirasida “Azimobod” va “Fayziobod” qishlog‘i aholisi bilan muloqot qildi.
Ochiq muloqotda fuqarolardan toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar kelib tushdi. Aniqlanishicha, bir necha yillar avval o‘rnatilgan ushbu bashnya ayni paytda yaroqsiz holatga kelib qolgan. Xalq noibi bu masala yuzasidan “Suvoqava” davlat unitar korxonasi tuman bo‘limi vakillari bilan uchrashib, muammoni qisqa fursatda bartaraf etish choralarini ko‘rdi.
Uchrashuvlar davomida “Shodiyona” ko‘chasida yashovchi X.Fozilov holidan xabar olib, uni tuman tibbiyot birlashmasiga bepul davolanishi hamda zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanishiga ko‘maklashdi.
Shundan so‘ng xalq noibi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi B.Rahmonaliyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi To‘lanboy ota xonadonida bo‘lib, u bilan dildan suhbat qildi.
To‘lanboy ota Shokirovning yoshligi Ikkinchi jahon urushining suronli yillariga to‘g‘ri keldi. Bugun farzandlari ardog‘idagi otaxon keksalik gashtini surmoqda.
–Doimo davlatimiz, xalqimiz e’tiborida ekanimizdan juda xursandman, – dedi To‘lanboy ota. – Mana, o‘tgan yili Toshkentda Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida qatnashib, Prezidentimiz bilan suhbatlashdim. Ular To‘lanboy ota yana bu soatni yaqinlaringizga sovg‘a qilib yubormang, deb qo‘limga soat taqib qo‘ydilar. Ayting, bundan ortiq baxt bormi?
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori
09.12.2020, 10:28
-
Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
02.12.2020, 16:29
-
Qoraqalpoq xalqi hayotining real yaxshilanishiga erishish – asosiy maqsadimiz
12.11.2020, 09:20
-
Yashirin iqtisodiyot: unga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir
04.11.2020, 10:33
-
Xalqimiz farovonligini taʼminlashning eng samarali yoʻli bu – tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash
15.10.2020, 11:02
Bildirilgan fikrlar
Faxriddin 2020-05-04 20:35:43
Partiyani shakilantirishda bir narsaga e'tibor qaratish lozim ayniqsa ta'lim universitetilarida maktablarda tadbirkorlik fanini chuqurlashtirish Inovatsion yondoshuv asosida faoliyatini kengaytirish zarur.