Askar onalari sharaflandi

15.01.2018, 14:51

Askar onalari  sharaflandi

Dunyoda shunday muqaddas tushunchalar borki, ular zamirida jamlangan ma’no-mazmunni anglash uchun “Ona” so‘zini qo‘shib ishlatamiz. Shundagina ong-u shuurimizda aks etgan tushunchalarni to‘liqroq ta’riflagandek bo‘lamiz. Ana shunday so‘zlardan biri – Ona Vatandir.

O‘zLiDeP G‘allaorol tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanni asrash – olijanob vazifa” mavzusida an’anaviy ma’daniy-ma’rifiy tadbirda shu haqida so‘z bordi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan askarlarning onalari, mehnat faxriylari, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir avvalida “Milliy armiyamiz, g‘ururimiz, faxrimiz” filmi namoyish etildi. Shuningdek, harbiy xizmatni sharaf bilan ado etayotgan bir guruh askarlarning onalariga yo‘llagan videotabrigi tadbir ishtirokchilarining gulduros qarsaklari bilan olqishlandi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi Abdurashid Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muborakbod etdi. Tantanali tadbirda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat burchini a’lo darajada o‘tayotgan askarlar viloyat hokimining, ularning onalariga Jizzax garnizoni boshlig‘ining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

                  Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1538
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+