Agrar sohani modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

13.08.2020, 12:50

Agrar sohani modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, jahon tajribasi asosida qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimini keng joriy etiladi.

Bu “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilgan.

Jahon banki tomonidan «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini moliyalashtirish uchun 30 yil muddatga 500 million dollar qarz va kredit sifatida ajratiladi.

Loyihani moliyalashtirishning o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, tarqatishning ishonchli va shaffof usullarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish, «Daladan iste’molgacha» tamoyili asosida sifat nazoratini kuchaytirish, agrologistika, yo‘l va boshqa zarur infratuzilmani yaratish shular sirasidandir.

Yurtimizning barcha hududlarida amalga oshiriladigan bu loyiha eksportni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini diversifikatsiyalash, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishiga umid qilamiz.

Aktam HAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikeri o‘rinbosari,

O'zLiDeP fraksiyasi rahbari

  • Ko'rildi
    554
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+