Xorazmlik O‘zLiDeP faollari tijorat banklari nizomlarini qayta ko‘rib chiqish hamda Soliq kodeksini yanada takomillashtirishni taklif etishmoqda

16.01.2018, 17:03

Xorazmlik O‘zLiDeP faollari tijorat banklari nizomlarini qayta ko‘rib chiqish hamda Soliq kodeksini yanada takomillashtirishni taklif etishmoqda

Barcha hududlarda bo‘lgani kabi O‘zLiDeP Xorazm viloyat, tuman va shahar Kengashlarida ham davlat Dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvlarda Dasturning har bir bandi atroflicha muhokama etilib, aniq takliflar berilyapti. Xususan,  davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi takliflar bildirildi:

- Tijorat banklari nizomlarini qayta ko‘rib chiqish.

- Soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirish.

- Soliq kodeksini tubdan qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda qabul qilish. Bunda AQSh, Fransiya kabi rivojlangan davlatlar soliq ma’murchiligini chuqur o‘rganish kerak.

– Tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatdan o‘tgan kunidan emas balki mahsulot realizatsiya qilishni, xizmat ko‘rsatishni boshlagan kundan boshlab soliq hisoblash tizimini ishlab chiqish.

Yig‘ilishda bildirilgan bu kabi takliflar elektoratimiz muammolarini yechish va ularga amaliy yordam berishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

 

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotib

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+