Jizzaxlik O‘zLiDeP faollari davlat Dasturi loyihasi doirasida qirqqa yaqin taklif bildirishdi

16.01.2018, 18:54

Jizzaxlik O‘zLiDeP faollari davlat Dasturi loyihasi doirasida qirqqa  yaqin taklif bildirishdi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda har bir yilga nom berilib, unga asosan ma’lum bir masalaga e’tibor qaratilishi, shu asosda davlat Dasturi qabul qilinishi xayrli an’anaga aylandi. Joriy yil yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilinadigan   Davlat dasturi loyihasi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari, deputatlar hamda elektorat vakillari ishtirokida qizg‘in muhokama qilindi.

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlarning birida  aholi va partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiluvchi qator takliflar bildirildi.

Jumladan, bir guruh deputatlar va faollarimiz viloyat va tuman hokimliklari shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, sud-tibbiy ekspertiza sohasini takomillashtirish, tibbiy sug‘urta turlarini rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida tibbiy sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish kabi takliflar bilan ishtirok etdi.  

Shuningdek, ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash, buning uchun har bir kasb-hunar kollejida tegishli yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha yordamchi filiallarni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Tadbir davomida davlat Dasturi loyihasining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 40 ga yaqin takliflar muhokama etildi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+