Xalq bilan muloqot ko‘lamini yanada kengaytiramiz

17.01.2018, 16:48

Xalq bilan muloqot ko‘lamini yanada kengaytiramiz

Yurtboshimiz tomonidan xalqning dardini tinglash, muammolariga yechim topish,  murojaatlarini vaqtida hal etish barcha darajadagi tashkilotlar oldida turgan eng muhim vazifa sifatida belgilab qo‘yilgani odamlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Buni O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan chekka hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar, partiya kengashlari  va deputatlik guruhlari orqali aksariyati ijobiy hal etilganida o‘z ifodasini topdi.

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zLiDeP viloyat kengashi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” bo‘limiga 580 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 48 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida, 35 tasi fermer xo‘jaliklariga oid, 495 tasi boshqa ijtimoiy sohadagi murojaatlardir. Shu kungacha ularning 300 tasi qanoatlantirilgan, 185 tasi tegishli vakolatli idoralarga yo‘naltirilib, 95 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

2017 yilda Samarqand viloyat Kengashi tomonidan deputatlar, mahalliy ijro hokimiyati va boshqa mutasaddi tashkilotlarni jalb etgan holda viloyatning barcha hududlarida  17 marotaba sayyor qabullar tashkil etildi. Fuqarolardan 100 dan ortiq murojaatlar qabul qilinganligi, joylarda muammolar yetarlicha ekanligini ko‘rsatdi. Qilingan murojjaatlarning  aksariyati uy-joy, bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti, ichimlik suv, elektr va tabiiy gaz ta’minotini, kredit olish masalalarga oid bo‘ldi.

Sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalarning  25  dan ortig‘i ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan partiya deputatlik guruhlari tomonidan mutasaddilarga 67 so‘rovnomalar yuborildi.

Joriy yilda ham Yurtboshimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab bergan vazifalarni to‘laqonli bajarish, xalq bilan muloqot qilish, inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash, fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, bunda deputatlik guruhlari faolligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Baxtiyor Mustafoyev,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 Jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+