Partiya hududiy kengashi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda mingbuloqliklarning 70 ga yaqin muammolari o‘rganildi

17.01.2018, 18:22

Partiya hududiy kengashi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda mingbuloqliklarning 70 ga yaqin muammolari o‘rganildi

Mamlakatimizni har tomonlama rivojlanishi, avvalo xalqimiz turmush farovonligini yaxshilash bilan bog‘liq. Bu borada xalq dardini eshitish, murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida chekka-chekka hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar odamlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va  bartaraf etishga yaqindan yordam bermoqda. O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi, Mingbuloq tuman Elektr tarmoqlari bo‘limi, tumangaz korxonasi, tuman Suvoqava, tibbiyot birlashmalari hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan aholi bilan bevosita muloqotda tumundagi Oybek, Mustaqillik va Birlashgan MFY hududidagi mavjud muammolar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar  ko‘magida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

- Necha yillardan buyon surunkali bronxit kasalligi qiynab kelayotgan edi. Yolg‘iz ayol bo‘lganim uchun davolanishga sharoitim bo‘lmadi, - deydi Oybek MFYdagi Dilshod ko‘chasida yashovchi Savriniso Otaxonova. - Bugun partiyaning ko‘magi bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘llanma oldim, buning uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Sayyor qabulda fuqarolardan 70 ga yaqin muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Bulardan 15 tasiga tegishli huquqiy maslahatlar berildi. 10 dan ortiq muammolar mutasaddi tashkilotlarga yunaltirilib, yechimi nazoratga olindi.

Muzaffar To‘xtasinov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1074
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+