Qulay ishbilarmonlik muhiti - iqtisodiy barqarorlik garovi

25.01.2018, 14:55

Qulay ishbilarmonlik muhiti - iqtisodiy barqarorlik garovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnalogiyalarni qo‘llab-quvatlash yili”deb e’lon qilinishi, avvalo xususiy mulkni huquqiy himoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratib berdi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab imtiyozlar berilayotgani ushbu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi ulushi tobora ortishiga xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan hududlarda doimiy ravishda sohani rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir partiyaning Chortoq tuman Kengashi tashabbusi bilan “Mamlakatdagi qulay ishbilarmonlik muhiti - barqaror iqtisodiy yuksalishda ustuvor ahamiyat kasb etadi”  mavzusida tadbirkorlar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor, ayniqsa 2018 yilni "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilinganligi, bu jarayonlarda O‘zLiDePning ishtiroki xaqida batafsil ma’lumotlar berildi.

“Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan va to‘sqinlik qilgan, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘ygan  mansabdor shaxslar uchun tegishli javobgarlik belgilanganligi” tadbirkorlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi, - deydi “Tiklanish savdo servis” MChJ rahbari Yusufjon Matayev. - Bu islohotlar qulay tadbirkorlik muhitini yaratadi. Joriy yilda  faoliyatimizni yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan amaliy ishlarni olib boramiz.

Tadbirda “Anortog‘ Naslchilik Bo‘rdoqichilik” fermer xo‘jaligining faoliyatini rivojlantirish uchun yer maydoni ajratilishidagi muammosi yuzasidan Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati A.Otaxonov tomonidan tuman hokimiga deputatlik so‘rovi kiritilib, amaliy yordam berilishi bildirildi.  

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi.

 Ibrohim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1553
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+