Aziza Zoirova, Dehli universiteti siyosatshunoslik fakulteti talabasi (Hindiston):
25.01.2018, 19:17
– Bo‘lajak siyosatshunos sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, davlat boshqaruviga doir yangiliklarni doim kuzatib borishga intilaman. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni o‘qib chiqdim.
Mamlakatimizda fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petitsiya yo‘llash tizimi joriy etilishini faqat olqishlash kerak. Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlari oldiga aniq savollar qo‘yish imkonini beradi, ushbu organlar esa fuqarolarning ma’lum soni tomonidan ma’qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko‘rishi shart bo‘ladi. Petitsiya yo‘llash orqali faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar yechimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. Shu tarzda mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi.
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring