Suhrob Toshpo‘latov, Chikagodagi Konkordiya universiteti psixologiya fakulteti magistranti (AQSh):
25.01.2018, 20:03
– Prezidentimizning o‘tgan yili dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini onlayn orqali kuzatar ekanman, toki uchrashuv tugagunga qadar hayajonim bosilmadi. Nega deganda, davlatimiz rahbari yuritayotgan siyosat mohiyatida “Eng oliy hakam – qonun va u hammaga bir”, degan adolatli mezon yotibdi.
Ayniqsa, bu islohotlarni odamlar o‘z hayotida his etayotgani juda quvonarli. Buni sen qayerdan bilasan, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Shu yurtda ota-onam, yaqinlarim, do‘stlarim yashaydi. Ular bilan gaplashganimda davlat miqyosidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar o‘z kundalik hayotlarida to‘la aks etayotganini to‘lqinlanib gapirib berishyapti.
Vatanimiz tarixida birinchi marta kuzatilgan Oliy Majlisga Murojaatnomani eshitganimdan so‘ng bu boradagi AQSh tajribasi bilan qiziqdim. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham Prezidentning Kongress huzurida har yili Murojaatnoma bilan chiqishi an’anasi mavjud. Bu an’anaga 1790 yil AQShning birinchi Prezidenti Jorj Vashington Nyu-Yorkda, parlament minbaridan so‘zlagan batafsil nutqi bilan asos solgan va hozirda ushbu hodisa davlat siyosiy hayotida alohida o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz rahbarining Murojaatnomasi o‘z ko‘lami, ko‘tarilgan masalalar hamda ilgari surilgan yangicha ruhdagi g‘oyalari, tashabbuslari jihatidan O‘zbekiston siyosiy hayotida alohida o‘rin tutuvchi institutga aylanishiga imonim komil. Ayniqsa, Murojaatnomadagi xalqimiz uchun muhim bo‘lgan g‘oyalarning aniq amalga oshiriladigan ishlar sifatida Davlat dasturida aks etgani meni yanada ruhlantirdi. Xususan, ijtimoiy sohada ilgari surilgan vazifalarni hayotga joriy etish ertaga xalqimiz ruhiyatiga, hayotga, kelajakka ishonchiga yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoridan munosib o‘rin egallash uchun dadil qadamlar tashladi. Boshlangan xayrli ishlar esa yaqin yillarda o‘z mevasini beradi, biz yoshlar bunga ishonamiz!
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring