O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi tashabbusi bilan olti nafar yosh ishli bo‘ldi

29.01.2018, 18:34

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi tashabbusi bilan olti nafar yosh ishli bo‘ldi

Mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilib, tadbirkorlarga zarur imtiyoz va preferensiyalar berilayotgani ularning yanada samarali faoliyat yuritishida muhim omil bo‘lmoqda. Oqdaryo tumanida ham yirik sanoat korxonalari soni yildan-yilga ko‘payib, hudud iqtisodiyotida mustahkam o‘rin egallamoqda.

 O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi faollari “Oytamg‘ali” mahallasidagi ishsiz yoshlarni tumanda faoliyat yuritayotgan “Mushtariy Oqdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdi.

Ta’kidlash kerak, yaqindagina faoliyatini boshlagan “Mushtariy Oqdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasida tayyorlanayotgan trikotaj mahsulotlari zamonaviyligi va yuqori sifati bilan ichki bozorda allaqachon o‘z o‘rnini topib ulgurdi. 10 turdan ortiq tirikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan korxona Yaponiyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. Hozirda u yerda 450  nafar yosh ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, keyingi yilda yana 250 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

– Yuz foiz paxta va ipak matodan tayyorlanayotgan mahsulotlarimiz sifati xorijnikidan aslo qolishmaydi, – deydi korxona menejeri Burxon Primov. – Shu bois biz bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan savdo markazlari, kiyim-kechak do‘konlaridan buyurtmalar ko‘paymoqda. Kelgusida mahsulotlarimizni xorijga eksport qilmoqchimiz.  

Korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. 

– Bunday ezgu tadbirlardan maqsad yoshlar bandligini ta’minlashdan iborat, – deydi O‘zLiDeP  Oqdaryo tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Ahror Homidov. – Quvonarlisi, bugun ko‘plab yoshlar korxonaga ishga taklif etildi. Masalan,  M.Rustamova, M.Mardiyeva, A. Xamrayev kabi 6 nafar ishsiz yigit-qiz ish bilan ta’minlandi. Bunday tadbirlarni ahamiyatini inobatga olib, kelgusida yoshlar bilan ishlash ko‘lamini yanada kengaytiramiz.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1737
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+