O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita “tez yordam” mashinasi sovg‘a qildi

16.02.2018, 15:32

O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita “tez yordam” mashinasi sovg‘a qildi

O‘zbekiston  tomonidan Qirg‘iziston ikkita “tez yordam” mashinasi sovg‘a qilindi. 

Mashinalardan biri Botken shahri aholisi uchun, ikkinchisi esa Qadamjoy tumanidagi Jani-Jer qishlog‘idagi umumiy shifokorlar amaliyot markazi uchun xizmat qiladigan bo‘ldi.

“Tez yordam” mashinalari ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va ahillikni mustahkamlash maqsadida tuhfa qilingan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. O‘tgan bir yarim yil davomida ikki davlat rahbarlari va rasmiy doiralari vakillari bir necha bor uchrashdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari amalga oshirildi.

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida avtobus va aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etish va chegaralar borasida kelishuvlarga erishildi.

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1489
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+