O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv va mazkur kelushuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga qo‘shildi

23.03.2018, 09:29

O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv va mazkur kelushuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga qo‘shildi

Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–3615, 19.03.2018 y.) qabul qilindi.

Qarorga asosan O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv (Ashxobod, 05.12.2012 y.) va mazkur kelushuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga (Minsk, 10.10.2014 y.) qo‘shildi.

Mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirilishiga Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti mas’ul etib belgilanmoqda.

Mazkur Kengashning aosiy vazifalaridan biri jinoiy daromadlarni legallashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan MDH davlatlarining tegishli tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borishi hisoblanadi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+