Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nega aynan 1 iyunda nishonlanadi?

01.06.2018, 11:35

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nega aynan 1 iyunda nishonlanadi?

Ushba mavzuga bag‘ishlangan maqola "Huquqiy axborot" kanalida e’lon qilindi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 1949 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Ayollar xalqaro demokratik federatsiyasining kongressida ta’sis etilgan bo‘lib, 1950 yildan boshlab nishonlanib kelmoqda.

Nega shunchaki bolalar kuni emas, bolalarni himoya qilish kuni deb atalgan? Bolalarni aynan nimalardan himoya qilish kerak? O‘sha paytlar – Ikkinchi jahon urushi endigina tugagan yillari – bolalarning hayoti, salomatligi va xotirjamligini asrash, ular uchun normal turmush sharoitlarini yaratib berish masalasi juda dolzarb edi. Ammo turli tahdidlar, ekologik, siyosiy va ijtimoiy muammolar bilan yashayotgan zamonaviy dunyoda ham bolalar himoyaga muhtoj.

Nega aynan 1 iyun? 1949 yilgi Ayollar kongressining aynan shu kuni chaqirilishida o‘ziga yarasha ramziy ma’no bor.

1925 yil 1 iyun kuni Jenevada bolalarning farovon turmush kechirishi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilgan bo‘lib, bu insoniyat tarixida bolalar masalalariga bag‘ishlangan ilk xalqaro tadbir edi.

Bayramning o‘z simvolikasi bor. O‘sish, rivojlanish, yangilik, uyg‘unlik va hosildorlik ramzi bo‘lgan yashil fonda Yer kurrasi aks etgan. Kurraning atrofida qizil, sariq, ko‘k, oq va qora rangli bolalar joylashtirilgan. Bu rang-baranglik va toqatlilik ramzidir. Markazdagi Yer shari esa bizning umumiy uyimizni anglatadi.

Bolalarni himoya qilish kuni faqat kichkintoylar o‘ynab-kulib, xursandchilik qiladigan bayram emas. Butun dunyoda shu kuni jamiyatga bolalar muammolari eslatiladi, ularning himoyasi va barkamol avlod bo‘lib yetishishi uchun kattalar zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatlar ta’kidlanadi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    4288
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сурхондарё вилоят Кенгаши Тадбиркорлар ва фермерлар билан ишлаш бўлими мудири Абдулллаев Турсунали2018-06-01 16:24:13

Бу куни нафақат болаларимиз хатто катталар ҳам болаликда кечган қувноқ дамларини эслаб фарзандлари билан бирга нишонлайдилар.


УзЛиДеП Сурхондарё вилояти Термиз шахар Кегаши ижрочи котиби Б.Ф.Маманоров2018-06-01 16:01:11

1-июн болаларни ҳимоя қилиш куни билан барча азиз болажонларимизни tabriklaymiz.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-01 15:48:35

1-июн болаларни ҳимоя қилиш куни билан барча азиз болажонларимизни чин юракдан табриклаймиз!


М.Умаров O`zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман бўлими аппарат раҳбари2018-06-01 14:26:23

Болаларимиз бахтимизга ҳамиша соғ-саломат бўлсин зеро фарзанддан азиз нарса бор дунёда


Матлуба Жўраева Сурхондарё вилоят Кенгаши "Аёллар қаноти" бўлим мудири 2018-06-01 14:09:12

1-июнь хақиқатдан хам болаларимиз учун энг қувончли байрам. Бу куни нафақат болаларимиз хатто катталар ҳам болаликда кечган қувноқ дамларини эслаб фарзандлари билан бирга нишонлайдилар.


Алламов Акбар2018-06-01 13:52:37

Бугунги кунда мамлакатимизда кенг нишонланади ва болаларга булган эътиборни янада ошишига сабаб бўлади.


Fikringizni qoldiring

+