Arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi kamaytirildi

19.07.2018, 09:36

Arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi kamaytirildi

2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq arzon uy-joylarning dastlabki badali quyidagicha belgilandi:

1) qishloq joylarda:

0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uchun – 10 foiz miqdorida;

0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun – 25 foiz miqdorida;

2) shaharlarda dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda o‘rtacha 15 foiz miqdorida.

Mazkur ipoteka kreditlari 2018 yil 1 iyuldan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, arzon uy-joylar uchun dastlabki badal shu kunga qadar sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi lozim edi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagram’dagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    10729
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Umida2021-01-28 17:46:00

Ассалому алайкум.Мен 20 йилга бериладиган уйлардан олмокчиман лекин бошлангич тулови мени кийнаяпти. 2 хоналик квартиранинг энг кам бошлангич тулови канча? Ва ойма ой канчадан туланади?


Saidamirxon2021-01-24 19:10:21

Assalomu aleykum, manga maslahatilar kerak, xojaynim bilan ijarada turibmiz sababi yashashga uyimiz yoq qolimda yaqinda 3 ga kiradi nogiron oglim bor bizga orderli uy sorasam davlat beradimi orderli uyga qandey xujjatlar ketadi?


Sanobar2020-12-08 16:54:05

Arzon uy deganiyam57mln bolsa bosh tolovi bu qimatku? Bizgayam uy kerak ammo bunaqa qimmat to'lovlisidanmas. Nima qilasizla xalqni aldab arzon uy qoptimi? Manga boshlangich tolovi yo'gidan kerak boshqalargayam shunaqa uylar kerak. 2022 yilda oldingi tolovi yoq uylarni kutib qolamiz!


саодатхон2020-08-03 13:57:15

елгизман уй олмокчи эдим узим 22 йил булди педагогман кридитга уй олишга ердам беринглар хокимиятга борсам болангиз йук экан сизга берилмайди дейди шу гап канчалик тугри елгиз аел педагог квартирада 16 йил булди яшайман.


Алимжанова Дарья 2020-06-19 21:13:39

Ассалому алекум. Мен 2 кизим билан ота онамни уйида 2.5йилдан бери яшайман. Кредитга уй олмокчиман илтимос йордам берсангиз. Иложи Бориса Мирзо улугбек туманидаги янги курилган уйлардан 10йилга кредитга


Хасанова Ёкутхон Мухаммадиновна2020-06-06 15:50:31

Ассалому алайкум менинн икки нафар фарзандим бор елгиз бокаман отонами уйидамиз уйимиз кичик укам уйланиши керак дадам иккинчи гурух ногирони имтиезли уй олишимизда ердам беришингизни сураймиз


Muinova Rushana2020-05-07 22:10:58

Asalomu aleykum.Erim bilan oilaviy kelishmovchiligimiz tufayli men va ikki nafar farzandim ijarada yashab keliyapmiz. Uzim ishlayman farzandlarim maktab o'quvchilari. Maslahatingiz kerak.boshlangich tulovsiz uy olishni iloji yuqmi


Райхона2020-05-03 00:54:46

Ассалом мен 3 фарзандим ва турмуш уртогим билан 4 йилдан буйон ижарада яшиймиз эримни маоши хеч бир арзон уйларни кредитини тулашга етмийди,чунки уй эгасига 1000000 берамиз.бизга 15 йилга ойига 1500000 сумдан туланадиган 2 хонали уй керак буни иложи борми.


Замира2020-04-09 18:02:54

ассаламу алейкум менинг уй сотип олишгаям кредит уй олишгаям пулим йуг синглимни 1 хоналиг уйида турибман сиғмаябмиз узим касалман ишга яроғсизман ногронлик пенция хам олмиман сиңглимни 2 та қизи бор менда битта уғил мактаб уқувчиси менга 1 хона булсаям етади бепул уй керак илтимос менга шу уй масаласида ердам беринг ипелепция касаллигим бор болаларни овози ёқмиди бошим оғиради


Эшмаматов Фазлиддин2020-03-28 18:48:30

Мен 10 йилдан буён ижарада яшаб келаман. Арзон уй-жой олиш учун хужжат килгандим, лекин ола олмадим. Сабаби менинг иктисодий шароитим етмади. Арзон уйнинг бошлангич тулови 57млн дан бошланар экан. Мен арзонрок, юкори кават ёки бир хоналик уй сурагандим. Лекин уларнинг эгалари бор эмиш...... Шундай килиб 3 фарзандим ва турмуш уртогим билан яна ижарадамиз....


Fikringizni qoldiring

+