O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – Yil odami

29.12.2017, 16:32

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – Yil odami

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. 

So‘rovda mamlakatimizning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi. 

So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarimizning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017 yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida. 

Respondentlarning 80 foizidan ortig‘i kirib kelayotgan 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan 

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan. 

O'zA

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2184
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+