Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

19.01.2018, 11:15

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. 

Surxondaryo viloyati 1941- yil 6- martda tashkil topgan. Aholisi soni 2 million 500 ming. Umumiy yer maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr. Viloyatda 280,8 ming gektar ekin maydoni mavjud. Shundan sug‘oriladigan yerlar – 240,9 ming gektar. Viloyat markazi – Termiz shahri. Viloyatdagi 13 ta tumanning har biri o‘ziga xos salohiyatga ega. 24 yirik sanoat korxonasi, 60 qo‘shma korxona, 11 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. 

Prezidentimiz 2017- yil 10-11- fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda qator sanoat loyihalari ishga tushirildi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi. Asosiysi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Manba

 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1160
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+