Nodir Toshov, Kaliforniya universitetining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi magistranti (AQSh)

26.01.2018, 18:25

Nodir Toshov
Nodir Toshov

Kaliforniya universitetining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi magistranti (AQSh)

– Prezidentimiz ta’kidlaganidek, innovatsiya  bu – kelajak deganidir. Iqtisodiyotni aynan ilg‘or innovatsion yondashuv va g‘oyalar, “nau-xau” va “aqlli” texnologiyalar asosida rivojlantirish bugungi kunda eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Innovatsion rivojlanishni esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya­larisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ta’kidlash kerakki, AKTning taraqqiy etishi mamlakatning raqobatbardoshligini oshiradi. Iqtisodiyotga tushumlar ko‘payadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mazkur soha hatto global inqiroz sharoitida ham faol rivojlandi. Xususan, o‘sha davrda AQShda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi internetni taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan bir dollar mamlakat iqtisodiyotiga 10 dollar bo‘lib qaytganini ko‘rsatgan.

Yaqinda yana bir ma’lumotga ko‘zim tushdi. Jahon miqyosidagi yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro ekspertlarning fikricha, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 9 foizdan oshishi kutilmoqda. 

Ushbu misollardan ham ko‘rinib turibdiki, tashabbuskor, uzoqni ko‘ra oladigan, fidoyi Prezidentimiz boshchiligida O‘zbekiston tanlagan innovatsion taraqqiyot yo‘li, bu borada qabul qilinishi kutilayotgan aniq manzilli dasturlar, oliy o‘quv yurtlarida ushbu yo‘nalishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qisqacha aytganda, sohani yanada taraqqiy ettirish uchun zarur resurs va imkoniyatlardan foydalanishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilayotgani vaqti kelib kutilganidan ham ortiq samara beradi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi, avvalambor, bilimlar va intellektual salohiyat hisobiga ta’minlanayotgani kundek ravshan.

O‘zbekistonga qaytganimdan keyin olis okean ortida olgan nazariy bilimlarimni amaliyotga joriy etib, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqchiman.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!


  • Ko'rildi
    1461
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+