Prezidentimiz qarori bilan Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

08.05.2018, 16:53

Prezidentimiz qarori bilan Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlarini samarali tashkil etish, fan va innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirish maqsadida "Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarning yanada kuchaytirilishi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion jarayonlar uzluksizligini ta’minlash xamda ko‘lamini oshirish bilan tavsiflanadi. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligi bevosita fan yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, ixtiro hamda loyihalar, ilm-fan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Qaror bilan innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini tashkil etiladi. Bu esa ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish, hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish imkonini beradi. Natijada yangi va talab yuqori bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish uchun zamin yaratiladi.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda markaz va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlarni ajratish belgilangani kashfiyotchilarni rag‘batlantirish borasida muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.

Xulasa qilib aytgan,  innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar qo‘llab-quvvatlanishi barcha sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi, ichki va tashqi bozor uchun innovatsion mahsulotlar yetkazib berishga ijobiy ta’sir etadi.

Solijon Mo‘minov,

Xalq deputatlari Namangan viloyat

 Kengashi deputati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2377
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Ташимов Менлимурат 2018-05-15 17:21:03

Ушбу қарор мамлакатимизнининг янада ривож топишида, янги янги ғояларнинг, янги иш ўринларнинг пайдо бўлиши иқтисодиётимизнинг ривожланишида ҳиссаси зўр бўлади деб ишонамиз


Аптаров Аслиддин O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-05-09 13:27:18

“Фаол тадбиркорлик ва инновацион фаолиятни ривожлантириш учун шарт-шароитларни яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори мамлакатимизда янги техналогия ва ишланмаларнинг ривожланишини янги тараққиёт босқичига олиб чиқади.


О.Атақулов-Навбаҳор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-09 08:11:31

Инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологиялар қўллаб-қувватланиши авваламбор ёшлар учун катта имконият деб ўйлайман. Бундай қўллаб-қувватлашдан кейин албатта яхши натижалар бўлади.


Ш.Абдурасулов Арнасой тумани аппарат рахбари2018-05-08 19:08:47

Инновацион ғоялар тежамкорлик,янгилик,техника ва шу қаторда иқтисодимизга жуда катта маблағ демакдир.


Жиззах вилояти Туман Фермерлар Кенгаши БПТ раиси Эрназаров Акбар 2018-05-08 17:34:24

Инновацион ғоялар бу давлатимиз ривжланишига олиб келади.


Fikringizni qoldiring

+