Yangi qaror ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga xizmat qiladi

17.07.2018, 19:34

Yangi qaror ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga xizmat qiladi

Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 16 iyulda “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Mazkur qaror mahalliy ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni jadal joriy etishni ta’minlash, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini kuchaytirishda ilm-fan hissasini oshirish, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning istiqbolli mahalliy yutuqlarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida qabul qilindi.

Aytish joizki, ushbu qaror mamlakatimizda ekologik toza ishlab chiqarish jarayonini tadbiq etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yangi navlarini yaratish, xizmat ko‘rsatish va shu kabi iqtisodiyotimizning ko‘plab yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan ilm-fan xodimlarini ham moddiy ham ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali yangi tadqiqotlarni moliyalashtirish, eng asosiysi ularni hayotga tadbiq etish jarayonini aniq mexanizmlarini belgilab berdi.

Qarorda har bir yo‘nalishda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining ma’suliyati oshirilib, ular yaratgan ixtirolar nafaqat ilmiy ishlarda balki, hayotga tadbiq etilishi bilan ham moliyaviy foyda keltirishi mumkinligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar (tuman)lar hokimliklari har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan birgalikda respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi.

Bu pirovardida ilmiy ish qilayotgan olimlarning ishlari hayotga tadbiq etilishiga olib keladigan qizg‘in jarayondir. Bu esa o‘z navbatida ilmiy ishlarni faqatgina ko‘zbo‘yamachilik uchun emas, balki haqiqatan foydalilik koefitsentini inobatga olib yo‘nalishlarni tanlash imkonini beradi.

Qarorda nazarda tutilgan masalalarga O‘zLiDeP dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yondashadigan bo‘lsak, ilm-fan rivoji, olimlarning tadqiqotlari va ularni amaliyotga tadbiq etish samaradorligini oshirilayotgani birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarishni bugungidan-da rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Ya’ni tadbirkor biror ishga qo‘l urishdan yoki faoliyatiga birorta yangilik olib kirishdan oldin uning ilmiy asoslariga bemalol tayanishi mumkin. Dunyo tajribasidan ham ko‘rish mumkinki, yaxshi ilmiy asoslangan g‘oya yirik ishlab chiqarishlarga yo‘l ochib bergan.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur hayotiy qaror mamlakatimizda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini zamon talabi darajasida rivojlantiradi.

Pokiza AXMEDJANOVA,

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Шовот туман Кенгаши ходими2018-07-23 12:17:36

Қарор мамлакатимизда экологик тоза ишлаб чиқариш жараёнини тадбиқ этиш, қишлоқ хўжалик маҳсулотларини янги навларини яратиш, хизмат кўрсатиш ва шу каби иқтисодиётимизнинг кўплаб йўналишларида фаолият юритаётган илм-фан ходимларини ҳам моддий ҳам маънавий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш орқали янги тадқиқотларни молиялаштириш, энг асосийси уларни ҳаётга тадбиқ этиш жараёнини аниқ механизмларини белгилаб берди.


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-21 19:01:22

Президентимизнинг “Илмий ва илмий-техникавий фаолият натижаларини тижоратлаштириш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарор маҳаллий инновацион лойиҳалар ҳамда ишланмаларни ҳаётга жадал жорий этилишини таъминлайди, мамлакат иқтисодиётининг рақобатбардошлигини кучайтиришда илм-фан ҳиссасини янада оширади.


O‘zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг 1-ўринбосари - аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-18 10:53:49

Ушбу қарор асосида инновацион лойиҳалар, илмий асосланган ғоялар - илм-фан ходимлари томонидан ишлаб чиқаришни янада ривожлантиришга хизмат қилиши билан бирга ижодкор олимларни ҳам моддий ҳам маънавий жиҳатдан қўллаб-қувватлайди.


Носирова Шоира Навоий вилояти туман Кенгаши депутати2018-07-17 23:30:13

Ушбу ҳаётий қарор мамлакатимизда таълим ва ишлаб чиқариш интеграциясини замон талаби даражасида ривожлантириб, ижодкор олимларни ишларини рағбатлантиради.


Fikringizni qoldiring

+