Konstitutsiyamizga 25 yil: Insonparvarlik - inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat

07.12.2017, 19:14

Konstitutsiyamizga 25 yil: Insonparvarlik - inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat

Asosiy qonunimizning muqadimasida qayd etilganidek, inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

Aytish lozimki, konstitutsiyamizda insonparvarlik -  inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat deya e’tirof etilib, bu borada xalqimizning chuquqr tarixiy ma’naviy qadriyatlari, milliy odob-ahloq qoidalarimizga tayangan zamirida inson huquqlari oliy qadriyat ekanligi asos qilib olingan qator normalar belgilab berildi. Jumladan, Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari yuzasidan alohida bob va davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi qat’iy ta’kidlangan.

Shu ma’noda, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat ekanligiga amalda yana bir bor isbooti bo‘ldi deyish o‘rinli.

Ushbu Farmon bilan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba 2 ming 700 nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslarni afv etildi. Ozod etilgan mazkur shaxslar qonunga rioya qilmagan, biroq o‘z qilmishining qonunga xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga o‘z oilasiga va jamiyatga qaytishi, ijtimoiy moslashish imkoniyatining berilishi o‘zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlardan bahramand bo‘ldilar.

Afv etish haqidagi ushbu farmonning yana bir ahamiyatli jahati shundaki, unda jabrlanganlar va jamoatchilikning, jumladan, mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlari ham atroflicha o‘rganildi. Bu esa, jabrlanuvchilarning ham rozi-rizoligi olinganligini anglatadi. Demak, shuni alohida takidlash kerakki, farmonda kechirimlilik jarayonida jabr chekkan shaxslarning ham munosabati o‘rganish muhimligi e’tirof etilgan.

Kechirilgan shaxslar o‘z oilasiga va jamiyatga qaytib, bundan buyon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishiga, yaratilgan ushbu imkoniyatdan tegishli xulosa chiqarishiga ishonchimiz komil. Zero, farmonda qayd etilgan 2 ming 700 nafar mahkumni ozod etilishi yurtimizda  2 ming 700 nafar oila yana to‘la qonli ijtimoiy xayotga qaytarilganligi, eng avvalo shuncha oilalarning to‘la-to‘kisligini ta’minlashga qaratilganligini ham anglatadi. Ilo, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalarning tinch-totuvligi, obod-faravonligi hamda mustahkamligi xalqimizning tarixiy ananalari asosida shakllangan eng ezgu azaliy qadriyatlardan biridir.

N.Murodov, huquqshunos

  • Ko'rildi
    2898
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+