Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 30-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputatlari mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini nazoratga oldi

29.10.2025
53

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mas’ullari va mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman korxonasi tomonidan amalga oshirilgan kuzgi-qishki isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Nazorat-tahlil tadbirida deputatlar tomonidan aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji, transformator punktlari, tarmoqlarning texnik holati, zaxira materiallari va avariyaviy holatlariga tayyorlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga korxona mas’ullari tomonidan 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tahlil jarayonida ayrim hududlarda tarmoqlarning eskirganligi, kuchlanish pasayishi va yoritish tizimida nosozliklar mavjudligi qayd etildi. Deputatlar tomonidan mazkur kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, aholiga qulay sharoit yaratish va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati davomida Qorovulbozor elektr ta’minoti korxonasi rahbariyatiga kuz-qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish, iste’molchilar bilan samarali aloqa o‘rnatish, shikoyatlar va murojaatlarga tezkor javob yo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mazkur nazorat natijalari asosida Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida alohida hisobot eshitilishi rejalashtirildi.

Tumanda bugungi kunda jami 2700 nafardan ortiq aholi istiqomat qilib kelayotir, 696 ta xonadon bo‘lib, elektr ta’minoti tizimida 30 dan ortiq transformator punkti ishlab turibdi. Korxona tomonidan kuz-qish mavsumida 24 soatlik navbatchilik va zaxira brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?