Juma 21-Fevral 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zbekiston va Quvayt ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

20.02.2025
104

Quvayt nisbatan yosh davlat hisoblanishiga qaramay, bu davlatning tarixi muhim voqealarga juda boy. Masalan, ushbu qadimiy zaminda Mesopotamiya joylashgan edi. O‘sha vaqtlardan beri Quvayt sivilizatsiyalararo yo‘nalishdagi strategik ahamiyatga ega savdo porti sifatida mashhur. 1961 yilda Quvayt fuqarolari dunyodagi eng yuqori turmush darajasiga ega mustaqil va boy davlatga aylandi.

Voqealar rivoji shunday tus olishi esa bu mamlakatdagi oqilona boshqaruv tizimi qaror topgani bilan bog‘liq. Shu tariqa, hatto xomashyo narxlarining notinch va beqarorligi sharoitida ham Quvayt uzoq muddatli iqtisodiy inqirozga uchramadi. Dunyodagi bu salbiy tendensiyalarning barchasiga mamlakat rahbariyatining oqilona va o‘ta professional siyosati tufayli barham topildi, bu jarayonda ayniqsa ijtimoiy himoya yuqori darajada ta’minlandi. Shuningdek, quvaytlik yoshlarning sifatli ta’lim olishi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishlashga tayyor bo‘lishi uchun boshqa chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Bu va yana boshqa muhim jihatlar jahon hamjamiyati, jumladan, O‘zbekistonning e’tiborini tortmay qolmaydi. Quvaytda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan, maqsad va vazifalari Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohang bo‘lgan «Vision 2035» davlat dasturini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida konstruktiv siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Har ikki davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasida faol hamkorlik qilib, bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Quvayt O‘zbekiston iqtisodiyoti, xususan, energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalar uchun muhim investor hisoblanadi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini, ayniqsa, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kabi tovarlar, yuqori texnologiyalar va infratuzilma loyihalari yo‘nalishida oshirish uchun ulkan salohiyat mavjud.

O‘ylaymizki, Shavkat Mirziyoyevning Quvaytga tashrifi ikki tomonlama hamkorlikka qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydi. Shunday qilib, muzokaralar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va  Quvayt Amiri Shayx Mish’al as-Saboh  O‘zbekiston-Quvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Shuningdek, Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma, Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, Turizm sohasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ko‘p sonli uchrashuvlar chog‘ida jadal siyosiy aloqalar va idoralararo almashinuvlar, o‘zaro savdo va sarmoya hajmi muttasil oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Jumladan, 2024 yilda Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazilib, qator muhim ishbilarmonlik tadbirlari tashkil etilgan edi.

Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, innovasion va moliyaviy-texnikaviy sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investision platforma va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yaratish, shuningdek, Al-Quvayt shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yangi Hamkorlik dasturi doirasida Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan loyihalar portfelini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

2025 yil may oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Fikrimizcha, tashrifning amaliy natijalari ham alohida e’tirofga loyiq. Jumladan, Shavkat Mirziyoyev o‘z qarorgohida «Gulf Care General Trading», «Kuwait Investment Company», «Al Imtiaz Investment Group», «Action Group Holdings», «Agility Logistics» kabi kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi.

Ushbu uchrashuvlar davomida quyidagi kompaniyalarning loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha rejalar qo‘llab-quvvatlandi: «Gulf Care General Trading» kompaniyasining mamlakatimiz hududlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha, «Kuwait Investment Company»ning ta’lim, infratuzilma, agrosanoat sohasi, sun’iy intellekt tyexnologiyalarini joriy etish bo‘yicha «Al Imtiaz Investment Group»ning oziq-ovqat ekinlari yetishtirish, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va ko‘chmas mulk qurish ob’yektlari qurish bo‘yicha, «Action Group Holdings»ning O‘zbekistonda gidroelektr stansiyalari va ijtimoiy uy-joylar qurish, mineral resurslarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalari, Ko‘rfaz mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali yetkazib berish uchun O‘zbekistonda qo‘shma logistika markazini yaratish imkoniyatlari.

Umuman olganda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Quvayt amiri Shayx Mish’al as-Saboh taklifiga binoan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi muvaffaqiyatli va samarali bo‘lib, mamlakatimizning puxta o‘ylangan tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘zida aks ettirdi. Shu tariqa, tashrif davomida “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va turizm sohalari amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Ishonchimiz komilki, mamlakatlarimiz ushbu rejalarni hayotga tadbiq etish uchun zarur salohiyatga ega.

Aktam XAITOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?