Qo‘qon shahrida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

05.10.2021, 16:50

Qo‘qon shahrida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Qo‘qon Tibbiyot kollejida yosh saylovchilar bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova O’zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan maqsadlarni tushuntirdi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyida talabalar va o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham nomzod tomonidan mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, saylovoldi dasturida belgilab olingan rejalar oddiy, xalqchil tilda yetkazildi.

5-Bolalar musiqa va san’at maktabida Rayxon va Zilol mahallalari fuqarolari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvda ishtirokchilar nomzod haqidagi ma’lumotlarni e’tibor bilan tinglab, o‘zlarining fikr- mulohazalarini bildirdi.

Saylovda birinchi bor ishtirok etadigan yoshlar, O’rmonbog‘, Shayxon va Isfara guzar mahallalari fuqarolari bilan 21- umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda nomzodning shaxsiy fazilatlari, amalga oshirgan xayrli ishlari va saylovoldi dasturida qo‘yilgan maqsad va vazifalari tilga olindi.

Uchrashuv ishtirokchilari ham nomzod haqida o‘z munosabatlarini izxor etib, saylovda faol ishtirok etish istagida ekanligini ta’kidlashdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+