Rishtonda yirik pista plantatsiyalari barpo etilmoqda
18.11.2021, 17:42
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida suvsiz, toshloq hududda joylashgan plantatsiyada 35 gektar hududda pista ko‘chatlari o‘tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kelgusi yilda barpo etilayotgan pistazor hududi 200 gektardan oshishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov tadbirkor Qodirjon Qosimov tomonidan barpo etilayotgan mazkur Eron xandon pistasi plantatsiyasi bilan tanishdi.
Tadbirkor bilan muloqot davomida Xandon pistani zamonaviy yetishtirish texnologiyalari hamda pistazorlar barpo etish uchun lozim bo‘lgan yer va iqlim sharoitlari, ko‘chat yetishtirishning yangi usullari muhokama qilindi.
Ma’lumki, mavjud texnologiyalar asosida ekilgan pista 11-12 yilda hosilga kiradi. Bir tup daraxtdan 200-300 gramm hosil olish mumkin. Yangi plantatsiyalarni takomillashgan texnologiya asosida barpo etish ko‘zda tutilgan. Ya’ni, ko‘chatxonada o‘stirilgan niholga ikkinchi yil navdor pistalardan olingan kurtak payvand qilinadi. Uchinchi yildan uni ochiq maydonda ekish mumkin. Ushbu texnologiyada ekilgan pista 7-8 yilda hosilga kiradi. Hosildorlik esa bir tupda 40-50 kilogramgacha yetishi mumkin.
Tumandagi “Pandigon” mahalla fuqarolar yig‘inida Qodirjon Qosimov pista ko‘chati yetishtirish bilan ham shug‘ullanib keladi.
Bugungi kunda pistachilik ilmiy markazi laboratoriya, issiqxona, ko‘chat yetishtirishni o‘zida jamlagan “Agromaktab” ham tashkil etishga kirishgan.
Hozirda Rishtonning ko‘plab tadbirkorlari kamhosilli, unumsiz bog‘larni buzib, o‘rniga pistazor tashkil etishni boshladilar. Qodirjon Qosimov ularni ham ko‘chat bilan ta’minlab, pistachilikning sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.
Aktam Xaitov davlatimiz rahbarining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Rishton tumanida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari xalq manfaatlari yo‘lida
20.04.2024, 12:07
-
Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi
20.04.2024, 08:29
-
Deputatlar mirzacho‘llik saylovchilar bilan uchrashdi
18.04.2024, 12:00
Fikringizni qoldiring