Yangi O’zbekistonda gender tengliknig huquqiy asoslari

19.11.2021, 15:37

 Yangi O’zbekistonda gender tengliknig huquqiy asoslari

O`zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekistonda gender tenglik masalasi” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari, partiya faollari ishtirok etishdi.

O’zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Ta’kidlandiki, gender tenglikka erishish strategiyasi doirasida 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlar yaratiladi. Bundan tashqari, davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, tadbirda jamiyatimizda ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish, aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish hamda huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish kabi ishlar amalga oshirilayotganligi, bunda nafaqat davlat, balki, nodavlat tashkilotlari ham faol ishtirok eayotganligi alohida qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mazu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbir so‘ngida  partiya g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, uning safiga kirish istagini bildirgan bank xodimlariga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    606
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+