Deputatlar va yangi ish boshlayotgan hokim yordamchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

26.11.2021, 19:49

 Deputatlar va yangi ish boshlayotgan hokim yordamchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida deputatlar va yangi ish boshlayotgan hokim yordamchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda hokim yordamchisi lavozimiga tavsiya etilgan vakillar ishtirok etdi.

Joriy yil 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan OʻzLiDePning X S’ezdida delegatlar e’tiboriga havola qilingan nomzodning saylovoldi dasturida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etilib, ularning faoliyatining asosiy mezoni ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi.

Hududlarda o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarda jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham bu g‘oya mustahkamlandi.

Joriy yil 15 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish” masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida har bir mahallada joriy etilishi ko‘zda tutilgan “Hokim yordamchisi” lovozimining mazmun-mohiyati hamda faoliyat samaradorligi me’zonlari belgilab berildi.

Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish mahallalardagi muammolarni kompleks o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish orqali aholini rozi qilish maqsadida OʻzLiDePning Mahalliy Kengashlardagi deputatlari bilan hamkorlik qilish tashabbusi bildirildi.

Deputatlar tomonidan o‘tgan ikki yil davomida mahallalarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, aniqlangan muammolar, ularni hal etish yuzasidan takliflar portfeli shakllantirilgan. Mahallalardagi muammolarni hal etish yuzasidan bir qancha amaliy ishlar boshlangan.

Hokim yordamchilari bilan deputatlar hamkorligini mustahkamlanishi mahallalarda farovon xayotning tez sur’atlar bilan ta’minlanishi imkonini yaratadi.

Shu sababli, OʻzLiDeP PRESS KLUBIda ushbu masalalar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida bajaralishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+