Kitoblik ishbilarmon ayol hovlisida “master-klass” o‘tkazildi

02.12.2021, 15:56

Kitoblik ishbilarmon ayol hovlisida “master-klass” o‘tkazildi

Nigoraxon Safarova ishbilarmon ayol sifatida nafaqat Paxtaobod MFY hududidagi  Jarqo‘rg‘on qishlog‘i ahli o‘rtasida balki Kitob tumanida ham katta obru e’tiborga ega. U 11 sotix issiqxonasida bir yilda uch marta ekin ekib, mo‘l hosil olishga erishmoqda. U dastlab issiqxonasidan 10 mln so‘mgacha daromad olgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, bu miqdor 45-50 mln so‘mdan oshmoqda.

Yaqinda O’zLiDeP Kitob tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan  Nigoraxon Safarova xonadonida uyda o‘tirgan va kasb-hunarsiz xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi shaklida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda N. Safarova hamqishloqlariga o‘zining muvaffaqiyatlari hamda issiqxonadan mo‘l daromad olishda nimalar ahamiyat berish zarurligi xususida so‘zlab berdi.

Tadbirda O’zLiDeP Kitob tuman Kengashi ijrochi kotibi Gullola Kenjayeva “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish, qo‘ni-qo‘shnilarni hamda xududdagi xotin-qizlarni tomorqasidan unumli foydalanishga jalb etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi, shuningdek, yeridan unumli foydalanilayotgan tomarqachilarga imtiyozli va kam foizli kredit olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+