Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

16.12.2021, 15:30

Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

O'zLiDeP Xonobod shahar Kengashi tomonidan “Deputat va yoshlar” mavzusida faol yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda partiyaning Xonobod shahar Kengashi  vakillari,  shahar kengashi deputatlari va faol yoshlar ishtirok etdi. 

Muloqotda davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imtiyoz va imkoniyatlar, partiya tomonidan yoshlar uchun ishlab chiqilgan loyihalarning mazmun-mohiyati borasida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashi deputati O.Djanpulatov  davlatimiz  rahbari  aynan  yoshlar  masalasiga  alohida urg‘u berayotganligi, keyingi yillarda yoshlar bilan ishlash  mutlaqo yangi tizimda faoliyat yuritayotganligini qayd etdi. Bundan tashqari  yoshlarga deputatlik vakolati doirasida olib borayotgan ishlari, deputatlik maqomi, huquq va majburiyatlarini tushuntirib o‘tdi. 

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirib o‘tishdi. Uchrashuv yakunida 25 nafar yoshlar partiya safiga qo‘shildi.

  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+